Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Sen, 2010

«Radius 21» xonandasi Shahzod vafot etdi!

Radius 21O'zbek shou-biznesi olamida navbatdagi yoqotish. «Radius 21″ xonandasi Shahzod bevaqt bu olamdan ko'z yumdi. Bundan bir yil avval yoz faslining ilk oyida «Bojalar» guruhi avtohalokati hali hamon hech kimning yodidan chiqmagan. Bugun esa Shahzod G'ulomov ham o'z oilasi bilan avtohalokatga uchragan.

11 sentyabrdan 12 sentyabrga o'tar kechasi Shahzod G'ulomov («Radius 21″), onasi, singlisi, jufti haloli hamda 3 oylik o'g'il farzandi avtohalokatga uchragan. Bo'ka shahrida bo'lgan ushbu mudhish voqeada shu zahotiyoq Shahzod(«Radius 21″)ning joni uzilgan. Avtoulovda bo'lgan barcha oila a'zolari shikastlangan. Eng og'ir ahvoldagisi esa hozirda 3 oylik chaqaloqdir. Uning ahvoli og'ir bo'lib, hozirda Toshkent shahridagi 16-shifoxonaning jonlantirish bo'limidadir. Eng birinchilar qatorida yordamga yetib borgan va shahardagi shifoxonaga chaqaloqni yetkazgan Yodgor Nosirov ushbu ma'lumotlarni bizga yetkazdi.

Biz o'z o'rnida Shahzod G'ulomov xonadoni hamda yaqinlariga chuqur ta'ziyamizni izhor qilamiz. Shahzodni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Shahzod biz seni hech qachon unutmaymiz!

Janoza peshinda yoki asrda Shahzod G'ulomovning Bo'ka shahridagi uyida bo'lib o'tadi.

Shahzod G'ulomov farzandining sog'ligi haqida tez orada xabar beramiz. Farzandi tezroq tuzalib ketishi tilakdoshimiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 318 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *