Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 May, 2012

«Radius 21» ijodga qaytdi?!!!

Radius 21 va DuTOR«Radius 21″ — bu nomni eshitganlar shu zahotiyoq eng yorqin ijod namunalarini yodga olishlari shubhasiz. «Shekspir», «Tungi kapalak», «Dramma» kabi qo'shiqlari hali hanuz hammaning qalbida. Ana endi «Radius 21″ yana ijodga qaytmoqda! Ha, bu haqiqat!!! Lekin qanday qilib?

Endilikda marhum Shahzod G'ulomovning ukasi Behzod G'ulomov o'z akasining ijodini davom ettirish niyatida «Radius 21″ tahallusi bilan ijod qilmoqda. Kuni kecha Behzod G'ulomov hamda «B-Hud» guruhi vakili Bahodir Usmonov «DuTOR» guruhi yigitlari bilan yangi duet tarona kuylash haqida kelishib olishdi. «Fishka» deb nomlangan qo'shiqni tez kunlarda tinglash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ushbu tarona «Radius 21″, «DuTOR» hamda «B-Hud»ning birgalikdagi ijod namunasi bo'lib, unga ajoyib g'oyali klip suratga tushriish ham rejalashtirilgan. Ushbu klip dunyoning bir qator shaharlarida suratga tushirilishi rejalashtirilgan. Ammo, aynan qaysi shaharlarda suratga olinishi hozircha sir saqlanmoqda. Mayli, nima ham derdik, kutamiz!

 

Radius 21 va DuTOR

Radius 21 va DuTOR


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 159 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *