«Radius 21» hotirasiga bag'ishlab konsert beriladi!(mi?)
Xabaringiz bor 11 sentyabrdan 12 sentyabrga o'tar kechasi «Radius 21″ yakkaxoni Shahzod G'ulomov avtohalokat tufayli bu olamni erta tark etgan edi. Bu ijodkorni hurmat qiluvchi va uni doimo yodga oluvchi hamkasblari uni yod olib hayriya tarzida konsert dasturi taqdim etish niyatidalar.
Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, buning boshchisi Samandar Hamroqulov hamda «Bayram» studiyasi bo'lishi kutilmoqda. Hozircha bu borada fikr o'rganib chiqilmoqda. Nasib qilsa, bu haqda tez orada aniq ma'lumotlarni sizlarga yetkazamiz. Albatta bu kabi loyihani amalga oshirish asnosida barcha muxlislar ham, san'at ahli ham yana bir bor Shahzod bilan birga bo'lgandek o'zlarini his etsalar ajab emas. Ruhing shod bo'lsin, Shahzod!