Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Sen, 2010

«Radius 21» bilan kecha SMSlashgan Zebo!

Radius 21 va ZeboXabaringiz bor Zebo «Radius 21″ bilan birgalikda shu yilning eng hit taronalaridan biriga sababchi bo'lishgan edi. Oldinda ularni hamkorlikdagi konsert dasturi, 4ta yangi duet tarona va birgalikda tayyorlanilayotgan ko'rsatuv kutib turar edi… Afsus…

Biz «Radius 21″ bilan birgalikda ijod qilgan barcha xonandalar va ijodkorlar bilan qisqa suhbat qurib sizlarga taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Shulardan navbatdagisi iste'dodli xonanda Zebo.

Zebo: (ko'z yoshlarini tiya olmay ma'yus va yig'i aralash holatda o'z fikrlarini bildirdi) Kecha kechqurun SMSlashgan edik. Bunday yaxshi insonni dunyodan ko'z yumishini o'zi fojea. Afsuski, Shahzod G'ulomov kabi shou-biznes olamida ijod qiluvchi bir so'zli xonandalar sanoqli. Aytishadiku, Alloh o'zi sevgan bandasini erta oladi, deb. Mana bunga guvoh bo'lib turibmiz. Biz Shahzod bilan birgalikda juda ko'p rejalar tuzgan edik. Qishda birgalikda konsert dasturini taqdim etmoqchi edik. 4ta duet taronadan faqatgina bittasini yozib ulgurgandik. Ertaga qolgan uch taronani yozish uchun studiyani buyurtma qilgan edik. Shuningdek, «Yoshlar» telekanalida namoyish etiladigan yangi ko'rsatuvda boshlovchilik qilishimiz rejada bor edi. Afsus, shunday inson bizni erta tark etdi. O'tgan kuni konsert rejalarini tuzish uchun ko'rishgan edik. O'shanda «Endi o'g'lim bor, u uchun uch barobar ishlashim kerak, uni kelajagi uchun», — degan edi…

Radius 21 va Zebo

P.S.: Yaqin soatlarda Samandar Hamroqulov bilan uyushtirilgan kichik suhbatni havola qilamiz. Bevosita janoza jarayonida ishtirok etayotgan estradamiz vakili ham Shahzod G'ulomov haqida juda yaxshi fikrlari bilan yodga olmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *