Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 May, 2011

Qarshiliklarni yenggan Alixon Mahmudov!

Alixon MahmudovO'zbek estradasida yana bir yangi nom tobora porlab bormoqda. FM to'lqinlari orqali o'z ijod namunalarini taqdim etib kelayotgan yosh ijodkor Alixon Mahmudov haqida bugun biz ozgina to'xtalib o'tamiz.

1986 yil yoz faslining qoq chillasida dunyoga kelgan Alixon Mahmudov yoshligidan san'atga qiziqib kelardi. Ammo, uning san'atga bo'lgan qiziqishini bir oddiy havas deb qabul qilgan oila a'zolari Alixonga xonandalik kasbini tanlashga qarshilik ko'rsatishgan. Ammo, 2010 yil Alixon Mahmudov ijodga kirib kelishga ahd qiladi va qisqa fursat ichida o'zining ilk taronalarini yozib chiqaradi. Qo'shiqlar tayyor bo'lgach, uning ilk tinglovchilariga aylangan xonandaning oila-a'zolari o'z farzandlarini istagi shunchaki havas emas ekanligini anglagan holda unga imkon berishadi. Hozirgi kunga kelib Sharqshunoslik institutining Turk filalogiyasi fakultetini tamomlagan Alixon «Sog'indimku», «Armon», «Bilaman», «Dilbarijon» va «Uyquchi qiz» kabi taronalarini FM to'lqinlari orqali taqdim etgan. Shuningdek, yurtimiz tantanalari faol ravishda ijod qilib kelmoqda. May oyining oxirida esa Alixon Mahmudov o'z ijodi namunalaridan biri bo'lmish «Dilbarim» taronasiga klip suratga tushirish uchun Turkiya safariga otlanmoqda.

 

Alixon Mahmudov

Alixon Mahmudov

Alixon Mahmudov

Alixon Mahmudov


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *