Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Yan, 2008

Qarshi oling: «Non-Stop»!

Non-StopO’zbek shou-biznesida yangi guruh: «Non-Stop»!!! Sizga yaxshi tanish bo’lgan shoir va bastakor YAKzoN va uning do’sti Habib qo’shiqchilik borasida ham o’zlarini sinab ko’rishga qaror qilishdi.

«Non-Stop» guruhi xonandalikda shunchaki shug’ullanish niyatida emas, balki professional darajada ijod qilishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganlar. Ularning ilk taronalari «Tarona Records» kompaniyasida yozildi. Qo’shiq «Sen ketarsan» deb nomlanadi. Qo’shiqning musiqa va matn muallifi YAKzoN, aranjirovka esa Ravshan Alievga tegishli. «Non-Stop» guruhi vokal borasida o’zbek estradasining ajoyib xonandasi Yagona bilan shug’ullanishmoqda. «Sen ketarsan» qo’shig’iga guruhning klipprodyuseri «ice Tim» bilan birgalikda guruh a’zosi Habibning g’oyalari asosida klip suratga olindi. Siz bu klipni «TV-Markaz» telekanali orqali shanba kuni «Prem’era» dasturida tomosha qilishingiz mumkin.

Non-Stop


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *