Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Apr, 2012

«Qaroqchilar»ga qarshi kurash borasida yig'ilish bo'lib o'tdi!

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar GildiyasiShu yilning 29 mart kuni «O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi» tomonidan O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilarning huquqlarini yanada mukammalroq himoyalash, kuchaytirish borasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda nafaqat OAV hodimlari, balki estradamizning yorqin yulduzlari ham ishtirok etdilar.

Har bir ijod namunasi o'z bahosiga ega, uni himoyalash esa «O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi» tashkiloti zimmasiga olgan vazifadir. Hozirgi kunga qadar ushbu tashkilot tomonidan mualliflarning huquqlarini himoyalash borasida juda ham katta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Va albatta buning natijasi o'laroq har 6 oyda bir marotaba ushbu asarlar orqali tushgan mablag'lar o'z egalariga, ya'ni mualliflar va ijrochilarga kelishilgan holda taqsimlanib borilmoqda. 29 mart kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ham mana shu mavzuga aloqador kerakli masalalarga oydinlik kiritish bilan birga, «qaroqchilar»ga qarshi kurashish borasida ham fikrlar yuritildi. Endilikda «O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi» tashkiloti ijodkorlar san'ati qadrini saqlab qolish maqsadida yanada jiddiyroq vazifalarni amalga oshirishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar. Quyida ushbu yig'ilish mobaynida tushirilgan bir qator fotosuratlar e'tiboringizga tortiq etilmoqda.

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi

O'zbekiston Mualliflar va Ijrochilar Gildiyasi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *