Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Apr, 2010

«Qadamlar hikmati» konsert dasturi taasurotlari

Ozodbek NazarbekovHar yilgidek bu yil ham elimizning suyukli san’atkori bo’lmish Ozodbek Nazarbekovning konsert dasturi o’zgacha tarzda o’tib bormoqda. Dasturning nafaqat har bir kuni, balki har daqiqasi hayajonli lahzalarga boy tarzda desak hato bo’lmaydi.

Hursandchilik bilan raqsga tushayotgan muxlislarning bir lahza o’tib ko’zda yosh ila qo’shiq tinglashlariyu, qadrdon taronaga aylanib ulgurgan qo’shiqlarni esa o’zgacha zavq bilan qo’shilib hirgoyi qilishlari… Bularning bari konsertning muxlislar ko’ngliga manzur bo’layotganligidan dalolat beradi. Bu yozganlarimiz tarif xolos, haqiqatda undanda go’zal. Dasturning har bir kuni o’zgacha bir kayfiyatda o’tmoqda. Konsertni kuzata turib 86 yoshli onaxon bilan dastur taasurotlari haqida suhbatlashib qoldik. Marg’ilondan tashrif buyurgan Minavvarxon aya yuzda tabassum bilan 100 yoshga kirib sevib qoldim bolam deya Ozodbekni sevib qolganlarini gapirdilar. Keyin ko’zda yosh bilan duo qilib Ozodbekni bag’irlariga bosdilar. Konsertning kechagi sonida tasvirga olish ishlari ham b’olib o’tdi. Gapiramiz desak taasurotlar anchagina. Ammo ming marta eshitgandan ko’ra baribir hech bo’lmasa bir marta ko’rgan afzal. Hali, konsertni jonli tamosha qilish imkoniyati Sizda mavjud.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *