Prem’era: Ulug’bek Rahmatullaev — «Toshkentda yomg’ir yog’ar»!!!
16-17-18 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun tinimsiz tayyorgarlik ko’rayotgan xonanda Ulug’bek Rahmatullaev o’z muxlislarini xushnud etish uchun navbatdagi taronasi prem’erasini taqdim etmoqda!!!
SB.uz portali orqali Ulug’bek Rahmatullaev o’zining yangi «Toshkentda yomg’ir yog’ar» taronasi prem’erasini taqdim etmoqda. Yangi taronani tinglab baho berish vazifasigina siz azizlarga topshirilmoqda xolos. Bu ishni siz juda ham yaxshi uddalaysiz albatta! Ulug’bek Rahmatullaev kuni kecha mazkur taronasi uchun klip ham suratga olish ishlarini o’tkazdi. Klip Sanjar Matkarimov tomonidan suratga tushirilmoqda. Klipda bosh rolda Sevara Solievani ko’rishingiz mumkin. Ishonamizki ushbu tarona ham, uning klipi ham omadli chiqadi!!!
Ulug'bek Rahmatullaev - Toshkentda yomg'ir yog'ar (156)