Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Prem’era: Nilufar Usmonova — «Dadasini qizi»!!!
26 Fev, 2017

Prem’era: Nilufar Usmonova — «Dadasini qizi»!!!

Nilufar UsmonovaO’zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Nilufar Usmonova so’nggi paytlarda biroz kamnamo edi. Mana bugun biz SB.uz portali orqali siz azizlarga Nilufar Usmonova ijodidan yangi taronani taqdim etishga shay turibmiz. «Dadasini qizi» deb nomlangan ushbu qo’shiq aslida 2015-yilda yozilgan bo’lib, endina omma e’tiboriga tortiq etilmoqda.

Ushbu qo’shiq matni Nilufar Usmonova tomonidan o’tkazilgan tanlovlarning birida yo’llangan she’rlardan biri bo’lib, uning muallifi Navzod Hamro hisoblanadi. Mazkur she’rni esa Jasur Abdurahmonov monanda kuyga solib, musiqiy sayqal bergan. Bizga berilgan ma’lumotlarga ko’ra «Dadasini qizi» deb nomlangan yangi taronaga klip ham tasvirga tushirish ishlari boshlab yuborilgan. Klip Sarvar Isaev hamda Rustam Murodov bilan hamkorlikda suratga tushirilmoqda. Marhamat, quyida siz azizlar uchun qo’shiq prem’era tarzda taqdim etilmoqda. Tinglang va baho bering!!!

Nilufar Usmonova - Dadasini qizi (0)

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *