Prem’era: Lola «Love me»!!! (MP3)
O’zbek estradasi maftunkor xonandasi Loladan yangi qo’shiq prem’erasi bugun portalimiz orqali siz azizlarga havola qilinadi. Bir necha soat ilgari radio to’lqinlar orqali ilk bor jarang sochgan qo’shiqning mp3 turi bizning portalimiz orqali taqdim etilmoqda.
Lolaning mazkur «Love me» taronasiga klip suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotosuratlarni ham sizlarga taqdim etgan edik. Mana bugun qo’shiqning internet olamidagi ilk prem’erasi ham bizda. Quyida qo’shiqning yuqori sifatdagi talqini siz azizlar uchun havola etilmoqda. Marhamat, mp3 formatdagi taronani ko’chirib oling va taronaga baho bering!