Prem’era: Kaniza — «Shaqillama 2»!!!
O’zbek estradasida o’z ijro uslubi bilan ajralib turadigan xonanda Kaniza o’zining navbatdagi taronasini siz azizlarga aynan hayit bayrami kuni taqdim etmoqda. Aslida Kaniza ijrosidagi «Shaqillama» taronasini sizlarga havola qilgan edik. Bugun mazkur qo’shiqni biroz o’zgartirilgan talqinini qarshi olishingiz mumkin.
Kanizaning «Shaqillama» taronasining yangi talqinida so’zlarida biroz o’zgarish kiritilgan. Ammo, musiqiy sayqal o’sha-o’sha qolgan. Qo’shiqning yangi talqini aynan bugundan boshlab radioto’lqinlar uzra ham jarang sochadi. Yangi taronani qarshi oling. Fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.