Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Popcorn» taqdimotidan fotoreportaj!!!
25 Okt, 2014

«Popcorn» taqdimotidan fotoreportaj!!!

Popcorn taqdirlash marosimi«Tarona Records» kompaniyasi tomonidan yangi taqdimot gala shou-konsert dasturi bo’lib o’tdi. O’zbek estradasining yorqin yulduzlari ishtirokida bo’lib o’tgan ushbu taqdimotdan maxsus fotoreportajni siz azizlarga taqdim etish uchun tayyormiz. Sizchi? Tayyormisiz, fotoreportajni qabul qilishga?

2014 yilning 25 oktyabr sanasi soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida «Popcorn» taqdimoti — Yoshlar tanlovi shiori ostida bo’lib o’tdi. Ushbu taqdimotda birinchi, ikkinchi, oxirgi o’rin degan tushunchalar yo’q! Ularning barchasi bir xil! Taqdimot uslubi shundan iboratki, unda o’zbek estradasi vakillarining eng sara videokliplari 20taligi taqdirlanadi.
Ilk bor o’tkazilayotgan ushbu taqdirlash marosimiga o’zbek estradasi va kino olamining ko’zga ko’ringan va yosh vakillari tashrif buyurishdi. Jumladan, Tamilla, Shahzoda Matchonova, «Diyor» guruhi, Dilso’z, Shahlo Ahmedova, Dineyra, Zoirbek, Mohim, Bobur Sobirov, Umidaxon, Amira Alibekova, Jasurxon G’oyipov, «Afruz» guruhi, Munisa Rizaeva, Ulug’bek Rahmatullaev, «Ummon» guruhi, Dj Piligrim, Lola, Shahzoda, Shohruhxon, «Benom» guruhi, Sardor Rahimxon, Asal Shodieva, Rayhon, Manzura, «Bojalar» guruhi va boshqalarni ko’rishingiz mumkin edi. Ushbu ijodkorlarning deyarli barchasi o’z kuy-qo’shiqlari bilan tashirf buyurganlarni ko’nglini ko’tarishdi. Tadbirni «O’zbegim taronasi» radiosi boshlovchilari Jamshid Xojiniyozov hamda Ra’no Alimova olib borishdi. Ana endi esa gapni qisqa qilib, qaysi xonandalar, qaysi kliplari uchun mukofotga sazovor bo’lganliklarini ma’lum qilsak. Quyida taqdirlangan xonandalar va ularning kliplari nomi, klip rejissorlari ismlari ro’yhati siz azizlarga taqdim etilmoqda. Ushbu tadbirda yana bir mukofotni qo’lga kiritishi lozim bo’lgan bir yulduz tashrif buyura olmadi. Kim deysizmi? Ziyoda!!! Boshlovchilar bergan ma’lumotlariga ko’ra Ziyoda gastrol safaridan qaytib ulgurmaganligi sababli, taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagan. Biroq, uning mukofoti albatta Ziyodaning o’ziga topshirilishi ma’lum qilindi. Endi esa ro’yhatga nazar tashlaymiz!

«Ummon» guruhi — 7 qavat (Narimon Sultonxo’jaev)
Zoirbek — Bu yurak (Dilmurod Agzamov)
Mohim — Birinchi yor (Dilmurod Agzamov)
Bobur Sobirov — Sevma (Nozim Jumaev)
Umidaxon — Mambo (Sarvar Karimov)
Amira Alibekova — Najodimsan (Timur Primqulov, Jasur Shametov)
Jasurxon G’oyipov — Ming afsus (Jamshid Xojiniyozov)
«Afruz» guruhi — Shalola (Rustam Murodov)
Munisa Rizaeva — Yorim (Hey yor) (Narimon Sultonxo’jaev)
Ulug’bek Rahmatullaev — Meni kechir (Yodgor Nosirov)
Dj Piligrim va Lola — Yulduz (Jasur Shametov)
Shahzoda — Chicco (Narimon Sultonxo’jaev)
Shohruhxon — Mening qo’shig’im (Production house)
Nilufar Usmonova — Unutgin (Yodgor Nosirov)
«Benom» guruhi — Sen yig’lama (Shohona Creative Group)
Rayhon — So’naman (United Soft)
Sardor Rahimxon — Tanhoginam (Muhammadali Iskandarov)
Manzura — O’ngimda ko’ray (Mansur Xoliqov)
«Bojalar» guruhi — To’ylar muborak (Jonrid Sagdiev)

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 805 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *