Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Popcorn shou» gala konsertidan fotoreportaj!!!
23 Dek, 2015

«Popcorn shou» gala konsertidan fotoreportaj!!!

Popcorn shou 2015

Bugun soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida «Tarona Records» kompaniyasi hamda MY5 telekanali tomonidan «Popcorn shou» gala konsert dasturi bo’lib o’tdi. Konsertda eng yosh xonandalardan eng mashhur yulduzlargacha o’z kuy-qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi.

Konsert dasturini galma galdan 4 nafar boshlovchi olib borishdi. Birinchi juftlikda «O’zbegim taronasi» radiosining mohir suxandoni Ra’no Alimova bilan iste’dodli aktyor Yigitali Mamajonov bo’lsa, ikkinchi juftlikda «MY5″ telekanalining boshlovchilari Dilnoza va Baxtiyorni ko’rishingiz mumkin edi. Konsert dasturida Tamila, Mohim, Zoirbek, Bobur Sobirov, Otabek Mutalxo’jaev, Jahongir, Amira Alibekova, «Afruz» guruhi, Yagona, Sardor Rahimxon, «Ummon» guruhi, «Bojalar» guruhi, Ziyoda, Shahlo Ahmedova, «Benom» guruhi, Budur, «Radio» guruhi, Umidaxon, Munisa Rizaeva, Jasur Umirov, Rayhon, Shohruhxon, Shahzoda, Ulug’bek Rahmatullaev va Manzura o’zlarining 2015-yildagi hit taronalarini kuylab, tashrif buyurgan muxlislarga yangi yil kayfiyatini taqdim etishdi. Bugun konsertning birinchi kuni bo’lib o’tgan bo’lsa, ertaga bugun konsertga tusha olmagan muxlislar uchun yana bir bor konsertning ikkinchi kuni taqdim etiladi.

Quyida siz azizlar uchun konsert davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *