Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Okt, 2007

«Parvona» Oybek so’zi, Ziyoda musiqasi bilan…

Ziyoda«Hay, layli» taronasi bilan barchani raqsga chorlayotgan Ziyoda yana bir sho’x tarona tayyorladi va unga chaqqonlik bilan klip ham suratga tushirtirishga ulgurdi. Qo’shiq «Parvona» deb nomlandi. Eng qizig’i shundaki, qo’shiq matni Oybek va Nigora dueti xonandasi Oybek qalamiga mansub.

Buni qarangki, Oybek nafaqat qo’shiq kuylashga usta, balki qo’shiqlar uchun so’z yozishni ham uddalar ekan. Agarda shu alfozda davom etsa yaqin kunlarda biz Oybekni «shoir» deb ham atashimiz mumkin bo’ladi. «Parvona» qo’shig’ini musiqasi kimga tegishli degan savol tug’ilishi mumkin. Musiqa muallifi Ziyoda!!! Haqiqiy ijodkor aynan shunday bo’lishi lozim. Qo’shiqqa sayqal bergan ijodkor esa afsuski Nigora emas, balki Rustam To’lashev. Mazkur qo’shiqqa ishlangan klip rejissori esa Rustam Murodov. Ayni damda klip montaj jarayonida.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *