Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Fev, 2008

Ozodbekning yangi konsert dasturi!

Ozodbek NazarbekovXushovoz xonanda, estradamiz yulduzi Ozodbek Nazarbekovning muxlislar soni kun sayin ortib bormoqda. Uning konsert dasturlariga esa tushish orzusidagi muxlislar juda ham ko’plab topiladi. Aynan mana shunday muxlislar uchun bugun ajoyib bir yangilikni ma’lum qilamiz.4 apreldan 13 aprelga qadar muxtasham Xalqlar Do’stligi saroyida Ozodbek Nazarbekovning yangi yakkaxon konsert dasturi bo’lib o’tadi. Dastur qanday nomlanishi esa hozircha sir saqlanmoqda. Ammo, tez orada bu haqda ham sizga xabar beramiz. Xo’sh, bu yilgi konsert dasturi qanday ko’rinishda o’tar ekan? Ozodbek bu yil nechta yangi taronasini muxlislariga havola etish niyatida? Bu kabi savollarga tez orada oydinlik kiritamiz. Xonanda haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni siz uning rasmiy sayti www.ozodbek.uz manzilidan topishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 243 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *