Ozodbekning 12 kunlik konserti!!!
O’zbek estradasining eng nomdor xonandalaridan hisoblanadigan Ozodbek Nazarbekov aprel oyida o’zining yakkaxon konsert dasturini «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etishga hozirlik ko’rmoqda. Ozodbekning bu yilgi konsert dasturi naqd 12 kun bo’lib o’tadi. Chiptalar esa albatta o’z haridorlarini topadi!!!
4 apreldan 15 aprelga qadar bo’lib o’tadigan yakkaxon konsert dasturi «Mushtarak manzil» deb nomlandi. Ushbu konsert dasturi uchun xonanda yelkadoshlari bilan hozirlik ko’rmoqda. 10 dan ortiq yangi qo’shiqlar ushbu konsert dasturida sizga havola etiladi. Yuqori saviyadagi, qalb to’ridan muqim o’rin oladigan kuy-navolari, qo’shiqlari bilan sizni Ozodbek Nazarbekov yakkaxon konsert dasturida qarshi oladi. Konsert dasturiga tashrif buyurishni istovchilar hozirdan chipta harid qilishlarini tavsiya etamiz!