Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ozodbek Nazarbekovga kelgan maktub!
8 May, 2013

Ozodbek Nazarbekovga kelgan maktub!

Ozodbek NazarbekovKecha 7 may sanasi edi. Bu kunda O’zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tavallud topgan. Ozodbek Nazarbekovni ashaddiy muxlislari yurtimiz va xorijda ham ko’plab topiladi. Bizning elektron manzilimizga esa xonandani tabriklab ko’plab xatlar kelib tushmoqda. Ulardan birini bugun sizlarga havola qilishga qaror qildik.

SB,uz portali ijodiy jamoasi ham hechdan ko’ra kech deganlaridek, Ozodbek Nazarbekovni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Endi esa navbat bizga kelib tushgan maktublardan biriga.

Assalomu alaykum. Men uchun qadrli bo’lgan Ozodbek aka! Sog’lig’ingiz yaxshimi? Mana bugun orziqib kutligan kun – 7 may ham eshik qoqib keldi. Bugun siz qatori mening ham quvonchim cheksiz! Chunki, sizni qalbdan, yurakdan hurmat qilganimdanmi, bugun menga ham bayramdek. Ozodbek aka! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilayman! Ilohim uzoq yillar davomida san’at osmonini tanho yulduzi bo’lishlikni Alloh sizga nasib aylasin! Yuragim tubida yotgan so’zlarni arzimas sovg’a sifatida quyidagi she’r misolida bayon etsam.

Muhabbatli qo’shig’ingiz jonga rohat,
Mayin ovozingizda bu tanim sihat,
Bir so’zni aytayin barcha so’zdan avval,
Allohimga shukr, keyin sizga rahmat!

Go’yoki siz bilan tanishdekman xuddi,
Qo’shig’ingiz yuragimni asir etdi,
Oh, qalbimni yoritadi bu mayinlik,
Yana sohir nafasingiz xumori tutdi!

Sizga bo’lgan mehrim tafti cho’g'danqaynoq,
Yuragimda doim sizni etdim ardoq,
Siz kuylagan ashula-yu, qo’shiqlarni,
Eshitmaslik mumkinmikan, ayting qandoq?!

Bilmaysizda, qanday yaqin olishimni,
Ekranlarda siz kulsangiz kulishimni,
Uyquga ketishdan sizni eshitmasam,
Boshimga qo’yolmasman men bolishimni!

Menga ilhom kelar, sizni eshitsam bas,
Sizni ijroingiz dardli, oddiy emas,
Yuring doim elimizni ardog’ida,
Ishoning sizga chin dildan qildim havas!

Sara so’zdan chiroyli she’r tuzsam edi,
Qaniydi faqat siz uchun yozsam edi,
Nafasingiz tuyib qulog’im ostida,
Aka sizni bir bag’rimga bossam edi!

Tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman – deb Qo’qondan Jasurbek!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 182 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. извините..у меня есть один вопрос; Почему Озодбек Назарбеков каждый год даёт концерт 12 или 17 дней???почему другие звёзды например Улугбек Рахматуллаев даст концерт 2 дня??чем Улугбек Рахматуллаев хуже Озодбека назарбекова??

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *