Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Avg, 2010

Ozodbek Nazarbekov — «O'zbekiston xalq artisti»!

Bugun «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'n to'qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e'lon qilindi. Jumladan:

«O'zbekiston xalq artisti».
Adashev Rajab Halimovich
— «O'zbekfilm» kinostudiyasi aktyori.
Nazarbekov Ozod Ahmadovich — «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi.

«O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist».
Alimov Samandar Choriyevich
– Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti.
Abdullayeva Mehrijon Kabirovna – Namangan viloyat musiqali drama teatri vokal artisti.
Ahmedova Lola Baxtiyorovna – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi
Ziyoyev Abdunabi Qo'chqorovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi «Maqom» ansambli sozandasi.
Rahmatov Mehriddin Tojiddinovich – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori.
Uzoqova Shohida Normatovna – O'zbek davlat drama teatri aktrisasi.
Umarova Faridaxon Jo'rayevna – Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi.
Usmonov Ramiz Beknazarovich – Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti.
Hamroyeva Nodira Mixaylovna – Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti.
Qo'ziyev Toir Asqarovich – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi «Sato» guruhi badiiy rahbari.

«Shuhrat» medali bilan:

Piyazov Jenisbek Burkitovich – O'zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi, xonanda.
Shahobov Umid Sharifjonovich – «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandasi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *