Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Noy, 2012

«O'zbegim taronasi»ni 2 marta lol qoldirgan Abbosxon!!!

Abbosxon O'zbegim taronasiBizning ijodiy hamkorimiz «O'zbegim taronasi» radiosida Umarxon boshlovchiligida «Sening tanloving» nomli tanlov o'tkazilayotgan edi. Bir necha bosqichdan iborat bo'lgan mazkur tanlovda Abbosxon mutlaq g'olib, deb topildi va «O'zbegim taronasi» tomonidan taqdim etiladigan bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldi. O'z o'rnida Abbosxon ham «O'zbegim taronasi»ga minnatdorchilik sifatida radio logotipi tushirilgan maxsus tort pishirtirib taqdim etdi.

Bu fotosuratni ko'rib shaxsan men ham hayratga tushdim, ham havas qildim. Qoyil, Abbosxon o'zining «Yomg'ir» taronasi bilan mazkur tanlovda g'olib chiqqan holda o'z minnatdorchiligini orginal tarzda taqdim etdi. Abbosxon bunday original sovg'a bilan keyingi safar SB.uz portalini ham hayratlantirsa ajab emas. O'z o'rnida biz ham Abbosxonni ajoyib yutuq bilan muborakbod etamiz. Shaxsan men ham Abbosxon ijrosidagi «Yomg'ir» taronasini tinglaganimda juda ham manzur bo'lgan edi. Ishonamanki, mazkur qo'shiq Abbosxon ijodiy hayotida alohida o'rin tuta biladi va uni mashhurlik cho'qqisini zabt etishida haqiqiy omil bo'la oladi.

Abbosxon O'zbegim taronasi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 93 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *