Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 May, 2008

Oypopuk Eshonxonova qayta dunyoga keldi!

Oypopuk EshonxonovaO’zbek shou-biznes olamida o’zining munosib mavqeiga ega bo’lgan xonanda Oypopuk Eshonxonova, nima sababdan ko’rinmay qoldi? Xattoki, «Oypopuk olamdan ko’z yumdi?» degan gap so’zlar bilan ba’zi bir matbuot xodimlari shunday fikr yuritishmoqda. Bu qanchalik haqiqatga yaqin? Shu va boshqa sabablar bilan biz Oypopuk Eshonxonovaning qo’l telefoniga qo’ng’iroq qilib barchasiga oydinlik kiritishga qaror qildik.

Qo’ng’iroq qilganimizda, go’shakni Oypopuk xonimning o’zlari ko’tardilar. Odatga ko’ra hol-ahvollarini so’raganimizdan so’ng, o’zlari huddi shu vaziyat haqidagi ba’zi bir fikrlari bilan o’rtoqlashdilar. «Haqiqatdan 15 yanvar kuni og’ir dardga chalinib qolganligim haqida dard qo’zg’ab qolgandan keyin bilib qoldim. Shifokorlar tekshirishdi. Lekin kasallik nima oqibatida kelib chiqqanligini topa olishmadi. Qanday kasallik ekanligini bilish uchun Moskvaga ham borib keldim. Afsuski, hech qanday o’zgarish ro’y bergani yo’q. Ushbu davr mobaynida yurtdoshlarimizdan ko’plab sms xabarlarni qabul qildim. Unda yuqorida ta’kidlab o’tgan holat yuzasidan har xil savollar yuborilgan edi. Bundan men muxlislarimdan hafa emasman, balki shu gaplarni tarqatgan «jurnalistlardan» hafaman. Ota-bobolarimiz kasallikka chalinishganda domlalarga borib shifo topishgan edi. Shuni inobatga olib yaxshi bir domlaning oldilariga bordim va hozirda davolanmoqdaman. Hozirda ancha sog’ligimni tiklab oldim. Inson o’zining sog’ligiga bee’tibor bo’lmasligi kerak ekanligini tushunib yetdim. Lekin shunisi achinarliki, ba’zi matbuot xodimlari meni xatto o’ldiga chiqarib yuborishdi. To’g'ri tan olish kerak o’lim bilan yuzma-yuz keldim. Ammo Alloh meni yana qaytadan dunyoga keltirdi. Demak, men hali muxlislarim va oilam uchun kerakli ekanman, deb o’zimga taskin berdim. Muxlislarim uchun doimo xizmatdaman.», — deb javob berdi, biz bilan suhbatda Oypopuk.

SB.uz portali ijodiy jamoasi Oypopuk Eshonxonovaning tezroq shifo topib, yana katta sahnaga qaytishini chin dildan istaydi. Zero, uning muxlislari juda qattiq sog’inishgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 84 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *