Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Oybek va Nigoraning baxt oqshomidan fotoreportaj!!!
22 Noy, 2015

Oybek va Nigoraning baxt oqshomidan fotoreportaj!!!

Oybek va Nigora nikoh oqshomi

O’zbek estradasining ajoyib juftligi Oybek va Nigoraning nikoh oqshomlari 21 noyabr kuni «Versal» restoranida bo’lib o’tdi. Bu haqida biz portalimiz orqali siz azizlarga xabar bergan edik. Mana endi esa sizlar uchun maxsus fotoreportajni ham taqdim etishga tayyormiz.

Deyarli 10 yildan buyon duet tarzida ijod qilib kelayotgan Oybek va Nigora bir-birlariga juda mos va ular turmush qurishlari kerak, degan fikrlarni juda ko’p bora eshitar edik. Mana nihoyat shunday ham bo’ldi. Uzoq kutilgan to’y 21 noyabr kuni «Versal» restoranida bo’lib o’tdi. Haqiqiy yulduzli nikoh oqshomidan fotoreportaj esa albatta SB.uz portalidan o’rin olmoqda. To’y haqida qancha ko’p yozsak ham shuncha oz. Zero, juda ham chiroyli va fayzli to’y bo’lib o’tdi. O’zbek estradasi va kino olamining eng ko’zga ko’ringan yulduzlari jamlangan nikoh kechasida hammaning kayfiyati chog’ va yuzlarida tabassum edi. Biz bu ikki sevimli yulduzimizga chiroyli baxt, omad, sog’lik va salomatlik tilab qolamiz. Baxtingiz to’kis bo’lsin, kelgusi yillarda shirindan shakar farzandlarni ota-onasi bo’lib yurishlik sizlarga nasib etsin!!!

Fotosuratlar muallifi Aslzod va Doniyor Qayumov.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 304 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *