Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Iyul, 2010

Oybek va Nigoradan nima yangiliklar bor?

Oybek va NigoraO'zbek estradasining «Romeo-Jul'etta»si bo'lmish Oybek va Nigora o'z muxlislari uchun tinim bilmay ijod qilishmoqda. Birin ketin muxlislar e'tiboriga taqdim etib kelinayotgan yangi tarona va kliplar fikrimiz isboti bo'la oladi. To'g'ri-da, hozirgi kun o'zbek shou-biznesida ana shunday shijoat bilan ijod qilganlargina kuchli raqobatga bardosh bera olishadi. Mavzudan chetga chiqmaylikda, Oybek va Nigora ijodidagi eng so'nggi yangiliklarni sizlar bilan baham ko'raylik.

Oybek va Nigora shu kunlarda yangi «Eslayman» nomli taronani yozib tugatishdi. Mazkur qo'shiq mavzusi bir-biridan ayro qalblar haqida. Shuningdek, Oybek va Nigoraning rasmiy saytida qandaydir mavhum suratga olish ishlari haqida fotosuratlar joylangan edi. Va nihoyat oradan qisqagina vaqt o'tib, barcha mavhumlikka barham berildi. Gap shundaki, bu ikki juftlik «Ucell» uyali aloqa kompaniyasining navbatdagi reklama roligida suratga tushishgani ayon bo'ldi. Nima ham deymiz, Oybek va Nigoraning kelgusidagi ijodlariga omad tilashdan o'zga choramiz yo'q.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 168 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *