Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Avg, 2009

Oybek va Nigora, Ziyoda «Akfa-media»ni tark etadimi?

Oybek va Nigora hamda ZiyodaBa’zi Ommaviy Axborot Vositalarida Oybek va Nigora hamda Ziyoda «Akfa-media» bilan shartnomasi shu yil yakuniga yetgach prodyuserlik markazini tark etishi haqida xabarlar chiqarildi. Emishki, 20 avgustdan 25 avgustga qadar o’tkazilayotgan tanlov shuning uchun amalga oshirilayotgan ekan. Xo’sh, bu xabarlar qay darajada haqiqatga yaqin? Savolga oydinlik kiritish maqsadida biz «Akfa-media» kompaniyasiga va xonandalarga murojaat etdik.

Avvalo diqqatingizga «Akfa-media» rahbari, Oybek va Nigora hamda Ziyodaning prodyuseri Abdurahmon Poziljonovning mazkur holat yuzasidan fikrini havola etamiz.

Abdurahmon Poziljonov: Turli mish-mish xabarlarga ishonish kerak emas. Agarda biror bir ma’lumot bo’lsa albatta eng birinchi sizlarga yetkazamiz. Bo’lib o’tayotgan tanlov haqida to’xtalsak, bu tanlov Oybek va Nigora hamda Ziyoda uchun ijodiy guruh to’plash maqsadida uyushtirilayotganini ta’kidlashim mumkin. Endilikda xonandalarimiz jonli tarzda ijod qilishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yganliklari uchun biz ularga yordamchilar tariqasida jonli tarzda ijod qila oluvchi jamoa tuzishga qaror qildik. Shunday mish-mishlarga chek qo’yish maqsadida biz ham tez orada o’z rasmiy saytimizni tashkil qilamiz. Ayni damda sayt ustida ish olib borilmoqda. Muxlislar diqqatiga eng haqqoniy ma’lumotlarni aynan www.shoubiznes.uz portalidan bilib borishingiz mumkin.

Oybek va Nigora: Aslida bu xabarni eshitib hayron qoldik. Bu gap-so’zlar haqiqatdan yiroq. Mana 3 yildan buyon «Akfa-media» prodyuserlik markazida ijod qilib kelmoqdamiz. Hech qanday nolishlar yo’q. Ijod, ijod, ijod… har kungi ish rejamiz bilan bandmiz. Yangi qo’shiqlar ustida ish olib bormoqdamiz. Ulardan biri «Qotirma ensa» deb nomlanadi. Qolganini vaqt ko’rsatadi.

Ziyoda: Hammasi yolg’on, hammasi mish-mish! Bu ma’lumotlarga ishonmang. Biz doimo birgamiz. Yangi ijod namunalari ustida ish olib bormoqdamiz. Hozirda «Jonim-jonim» nomli taronaga klip suratga olish uchun harakatdamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *