Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Apr, 2011

Oybek va Nigora vodiydan salom yo'llaydi!

Oybek va NigoraAyni kunlarda vodiy bo'ylab keng gastrol safarlarida yurgan Oybek va Nigora 29 aprel kuni gastrol safaridan qaytadi. Ushbu gastrol safari 11 kun davom etgan bo'lsa, oldinda yana yangi ijod namunalari ustidagi ishlar kutib turibdi.

Yaqindagina o'zlarining rasmiy saytlarini yangi ko'rinishda tashkil etgan Oybek va Nigora tez kunlarda Mr Akrom bilan birgalik «1234″ deb nomlangan qo'shig'iga klip suratga olib, muxlislar hukmiga havola etish taraddudida. Aniqrog'i klip suratga olib bo'lingan, hozirda uning montaj ishlari ketmoqda. Shuningdek, o'zini aktyorlik mahoratni namoyon etib kelayotgan Nigora Ismoilova ham yangi filmda suratga tushganini ma'lum qildi. Yangi film «18 yoshliklar» deb nomlangan bo'lib, uning rejissori Jahongir Ahmedov hisoblanadi. Film namoyishi may oyining oxirlariga mo'ljallanmoqda. Demak, bu bitiruvchilar uchun o'ziga hos sovg'a bo'lsa ajab emas. Darvoqe, mazkur filmda SB.uz portalining 5 yillik to'yida boshlovchilik vazifasini o'tagan Alisher Uzoqov ham asosiy qahramon obrazini talqin etganligi alohida e'tiborga molik.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *