Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Oybek va Nigora nimadan havotirda?!
28 Apr, 2015

Oybek va Nigora nimadan havotirda?!

Oybek va Nigora

Mana bir necha yillardan buyon bir maromda ijod qilib kelayotgan ajoyib juftlik Oybek va Nigora yangidan yangi ijod namunalarini keng ommaga taqdim etishda davom etmoqda. Ularning navbatdagi qo’shiqlari «Havotirdaman» deb nomlanadi. Qiziq, Oybek va Nigora nimadan havotirda?

Bu haqida bilib uchun biz Oybekka murojaat qildik. Hozirda Oybek va Nigora o’zlarining aynan mana shu «Havotirdaman» nomli taronasiga klip suratga olish uchun hozirlik ko’rishmoqda. Biroq, klipdagi bosh rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisa hali hanuz topilganicha yo’q. Bosh rollar uchun kasting e’lon qilingan bo’lib, deyarli bir oydan buyon ma’qul keladigan aktyor va aktrisa topilmaganligi xonandalarimizni havotirga solmoqda. Ishonamizki, yaqin orada ular o’zlari izlagan ko’rinishdagi aktyor va aktrisani topa oladilar va klipni suratga olish ishlari boshlab ham yuboriladi. Mazkur tarona matn va musiqasi muallifi aynan Oybek Alimovning o’zi ekanligi alohida e’tiborga molik. Biz esa o’z o’rni ijodkorlarga omadlar tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 639 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *