Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Oybek va Nigora endi — «Sevishganlar»…
22 Dek, 2014

Oybek va Nigora endi — «Sevishganlar»…

Oybek va Nigora - SevishganlarBugun yana bir klipni suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Navbatdagi klip Oybek va Nigora ijrosidagi yangi qo’shiqlardan biriga suratga olindi. Shahrimizda joylashgan pavilionlardan biri bo’lib o’tgan suratga olish jarayonidan siz azizlarga eksklyuziv fotoreportaj tayyorladik.

Oybek va Nigoraning qaysi qo’shig’iga klip suratga olindi, degan savolga javob kutmoqdasiz, shunday emasmi? Yangi klip «Sevishganlar» taronasiga suratga olindi. Trek asosida suratga olingan mazkur klip Behzod G’ulomov tomonidan suratga olindi. «Sevishganlar» taronasi mualliflari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, mazkur tarona matni va musiqa muallifi Shahnoz hisoblanadi. Aranjirovka esa Jasur Abdurahmonov tomonidan amalga oshirilgan. Klip tayyor bo’lishi bilan albatta bizning portaldan birinchilar qatorida tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 638 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *