Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Iyun, 2008

Oybek sotuvchi, Nigorachi?!

Oybek va NigoraEstradamizning ajoyib juftligi Oybek va Nigorani ijodiga qiziquvchilar soni anchani tashkil qiladi. Biz esa bu ijodkorlar ijodidan yangiliklarni yetkazishga harakat qilamiz. Ba’zi ma’lumotlar sizning ham qulog’ingizga chalingan bo’lishi mumkin. Ya’ni, Oybek va Nigora yangi filmda rol ijro etishayotganligi haqida. Bugun mana shu haqida ozgina ma’lumot beramiz.«Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov yana bir yangi film ustida ish olib bormoqda. Mazkur kartina avvalgilari singari komediya janrida suratga olinayotgan bo’lib, unda Oybek va Nigorani ishtirokini ham ko’rishingiz mumkin. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra Oybek ushbu filmda sotuvchi obrazini talqin etayotgan ekan. Nigorachi? U qanday obrazni ijro etmoqda? Shu va shunga o’xshash ma’lumotlarni yaqin kunlarda bilib olasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *