Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Oybek endi Nigorasiz kuylaydi!!!
29 Mart, 2013

Oybek endi Nigorasiz kuylaydi!!!

Oybek va NigoraMana deyarli 8 yildan buyon birga ijod qilib kelayotgan Oybek va Nigora muxlislar qalbidan joy olib kelmoqda. Biroq, ular tomonidan ijro etilgan navbatdagi qo’shiqlarning birida faqatgina Oybekning o’zi qo’shiq ijro etdi. O’zbek estradasining ajoyib, ajralmas juftligiga ko’z tegdimi? Nahot endi ular alohida-alohida qo’shiq ijro etishsa.

Mana shu savolga oydinlik kiritib o’tamiz. Oybek Nigorasiz alohida bir qo’shiq kuylagani rost. U qo’shiq «Omon» deb nomlanadi. Biroq, yodingizda bo’lsa o’z vaqtida Nigora ham Oybeksiz, boshqa ijrochilar bilan, ya’ni bir duet «Radius 21″ guruhi xonandasi rahmatli Shahzod G’ulomov bilan, yana bir duet esa Mustafo bilan ijro etgan edi. Ana endi esa Oybek Nigoradan farqli ravishda duet emas, balki yakkaxon tarzda qo’shiq ijro etib ko’rdi. Bu qo’shiqni siz Oybek va Nigoraning rasmiy saytidan ko’chirib olib, tinglashingiz mumkin. Shuningdek, Oybek va Nigoraning rasmiy saytidan yana bir tarona o’rin olgan bo’lib, «Otashingda yoq» deb nomlanadi. Bu tarona Oybek va Nigora birgalikda ijodni davom ettirishayotganligidan dalolatdir…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 149 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *