Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Fev, 2008

Otabekdan yangi taronalar…

Otabek Mutalxo'jaevO’zining tashqi ko’rinishiga kiyinish uslubiga ega bo’lgan xonanda Otabek Mutalxo’jaev, yangi taronalar ustida ish olib bormoqda. Yangi taronalarning birisi sho’x bo’lsa, ikkinchisi ma’yus ohangda…Otabek hamkori shoir va bastakor Dilshod Mahkamov bilan birgalikda «Netayin» nomli ma’yus hamda «O’sha-o’sha» nomli sho’x tarona ustida ishlashmoqda. Qo’shiq ustidagi qizg’in ishlar o’z nihoyasiga yetishi bilan radio to’lqinlari orqali muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Mart oyidan esa Otabek Mutalxo’jaev, respublikamiz bo’ylab gastrol safariga yo’l oladi. Samarqand, Buxoro, Surxandaryo va Xorazm viloyatlarida o’zining qo’shiqlari bilan muxlislarini ko’nglini ko’tarishni rejalashtirgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *