Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Sen, 2007

Otabekdan 3 tarona!

Otabek Mutalxo'jaevYosh xonanda Otabek Mutalxo’jaevning «Hazon» nomli qo’shig’i va unga ishlangan klip xonanda ijodida o’z o’rniga ega bo’la oldi. Bu qo’shiqdan so’ng Otabek Mutalxo’jaev, yana muxlislari uchun 3 tarona yaratmoqda.Shulardan biri sokin ohangda kuylanayotgan bo’lsa, boshqasi sho’x hisoblanadi. Bu taronalarga Farruh Badalboev hamda Dilshod Mahkamovlar bastakorlik qilishmoqda. She’r borasida Bobur Bobomurod hamda Muhammad Ismoil ijodlaridan foydalanilmoqda. Otabek yangi filmlardan birida rol ijro etayotganligi haqida ma’lumot bergan edik. Otabek Mutalxo’jaev biz bilan suhbatda, ushbu film haqidagi bir nechta sirlarni aytib o’tishni joiz deb topdi.
1. Ushbu film komediya janrida suratga olinmoqda.
2. Bu filmda Otabek, shahzoda obrazini talqin qilmoqda.
3. Scenariy mualliflari: Feruza Nodirova hamda Shoira Raufboeva.
4. Filmda 20dan ortiq estrada yulduzlari ishtiroki ko’zda tutilmoqda.
5. Va nihoyat ushbu film, yangi yil oqshomida «O’zbekiston» teleradiokanali orqali namoyish etiladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *