Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Mart, 2009

Otabek Mutalxo’jaevning yakkaxon konserti!!!

Otabek Mutalxo'jaev«Nihol» mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo’jaev yakkaxon konsert dasturi taqdim etishi haqida xabar bergan edik. Konsert dasturi sanalari aniq bo’ldi. 24-25 may kunlari Otabek o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini keng ommaga taqdim etadi. Muxlislar esa konsert dasturi uchun maxsus taklifnomani qo’lga kiritish imkoniyatiga egalar!

Konsert dasturi uchun hozirdan taklifnoma yutib olish imkoniyati faqat sizda mavjud. Buning uchun siz juda ham ma’suliyatli vazifani bajarishingiz lozim. Ya’ni, konsert dasturi uchun ajoyib nom o’ylab topish kerak. Bu aynan sizning qo’lingizda. Agarda sizda konsert dasturiga mos keladigan ajoyib nom g’oyasi bo’lsa xonandaning prodyuserlariga murojaat etishingiz mumkin. Murojaat uchun telefonlar (+99897)1006250 hamda (+99897)3367373. Ha aytgancha, ushbu raqamlardan Otabek Mutalxo’jaevni topa olmaysiz. Faqatgina konsert dasturiga nom topishda yordam uchun murojaat qilishingiz mumkin. Konsert dasturi haqida barcha haqqoniy ma’lumotlar birinchi bo’lib aynan sevimli portalingizdan bilib olishingiz mumkin.

Otabek Mutalxo'jaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *