Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Otabek Mutalxo’jaevning albom taqdimotidan reportaj!!!
3 Dek, 2013

Otabek Mutalxo’jaevning albom taqdimotidan reportaj!!!

Otabek Mutalxo'jaev albom taqdimotiO’zbek estradasi olamida o’z o’rniga ega bo’lgan xonanda, «Nihol» Davlat mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo’jaev kuni kecha, ya’ni 2013-yilning 3-dekabr sanasida o’zining navbatdagi albomi taqdimotini keng va chiroyli tarzda «Star» karaoke klubida o’tkazdi.

Albom taqdimotiga maxsus taklifnoma bilan Otabekning eng yaqin do’st-u birodarlarida, san’at olami vakillari, jurnalistlar hamda eng sodiq muxlislaridan tashkil topgan fan-klubi a’zolari tashrif buyurishdi. Tadbirni Davron Kabulov qiziqarli o’yinlar bilan mohirona tarzda o’tkazdi. Otabek Mutalxo’jaev tashrif buyurgan mehmonlari uchun o’zining yangi albomidan o’rin olgan bir qator taronalarini ijro etib berdi. Tashrif buyurganlar orasida siz va bizga yaxshi tanish bo’lgan yulduzlarimizdan Shahzoda Muhammedova, Oybek va Nigora, Nilufar Usmonova, Umidaxon, Kaniza, Firdavs, Yodgor Mirzajonov, Jamila G’ofurova, Nilufar, Rayhon Ulasenova, Oyxon Iforzoda va boshqalar ko’zga tashlandi. Ushbu tadbirni tashkil etishda eng asosiy ishlarni so’zsiz Otabek Mutalxo’jaevning yelkadoshlari Feruza Nodirova hamda Shuhrat Teshaboevlar bajarishdi. Tadbir chiroyli va juda fayzli o’tganligini ham alohida ta’kidlash o’rinli. Otabek Mutalxo’jaevning «Dunyo uchun sevma meni» nomli yangi albomini siz ham harid qilishni unutmang, aziz muxlislar!!!

Quyidagi fotosuratlarni bizga tasvirga tushirib bergan hamkorimiz «G’ayrat Video»ga minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

G'ayrat Video

Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 137 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *