Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Otabek Mutalxo’jaevning «Aks sado»sini qachon ko’ramiz?
10 Iyun, 2014

Otabek Mutalxo’jaevning «Aks sado»sini qachon ko’ramiz?

Otabek Mutalxo'jaev - Aks sado«Nihol» mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo’jaev ijrosida yana bir yangi taronani qarshi olishga tayyormisiz? «Aks sado» — Otabek Mutalxo’jaev ijrosidagi yangi tarona aynan shunday nomlanadi. Qo’shiq matni va musiqasi Eldor Qayumov ijodidan, aranjirovka muallifi esa Timur Rahmonov.

Otabek Mutalxo’jaevning «Aks sado» taronasiga yaqindagina klip suratga olish ishlari bo’lib o’tdi. Klip rejossir Shuhrat Mavlonov hisoblanadi. Bu ijodkor bilan Otabek Mutalxo’jaev ikkinchi marotaba birgalikda ish olib bormoqda. Yodingizda bo’lsa, Otabek Mutalxo’jaevning «Yig’lamagin azizim» taronasiga suratga olingan klip ham aynan Shuhrat Mavlonov tomonidan tasvirga tushirilgan edi. Klip trek uslubida va raqslar uyg’unligi asosida suratga olindi. Mazkur klip uchun Otabek professional xoreograf Sergey Zlodnikovdan raqs tushish bo’yicha saboq oldi. Raqsga tayyorgarlik 2 oy davom etdi. Shuningdek, qilichbozlik sport turini ham o’rganishiga to’g'ri keldi. Zero, klipda qilichbozlik sport turi ham namoyon bo’ladi. Klipda qahramon qiz obraziga kimni taklif qilish borasida juda ko’p bosh qotirildi. Yakuniy to’xtam esa Yulduz Rajabova bo’ldi. Bu eng to’g'ri tanlov bo’lganini suratga olish jarayonidayoq anglab yetdilar. Ikki kun davom etgan klipni suratga olish jarayonining ikkinchi kunida olovli sahnalar suratga olindi va hattoki yong’in bo’lishiga oz qoldi. Otabek va klipmeyker havf ostida qolishdi. Havotirtga o’rin yo’q, hammasi ortda qoldi va klipni suratga olish ishlari ko’ngildagidek yakun topdi. Demak, tez kunlarda Otabek Mutalxo’jaevning «Aks sado» klipini ham qarshi olishmiz mumkin bo’ladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 456 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *