Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Sen, 2010

Otabek Mutalxo'jaevdan bir emas, ikkita yangi tarona!

Otabek Mutalxo'jaevEstradamiz olamida o'z o'rniga ega xonanda, qolaversa qizlarning yoqimtoyi Otabek Mutalxo'jaev shu kunlarda o'zining ikkita yangi «Tim qora qosh» va «Boriga baraka» qo'shiqlariga klip suratga olishni rejalashtirgan. Qizig'i shundaki, klip uchun yangi chehralar taklif etilmoqda! «Tim qora qosh» klipiga Chehrona ismli qiz taklif etildi.

Ikkala klip g'oyasi ham Otabekning o'ziga tegishli bo'lib, «Boriga baraka» taronasiga original tarzda syujet o'ylab topildi. Shuningdek, xonanda ikkita filmga saundterk yozgan. Film nomlari «Madina» hamda «Yolvordim». Bundan tashqari Otabek tomonidan yana bitta film «Muhabbat zanjiri»ga «Muhabbat» deb nomlangan qo'shiq yozmoqda! Shular bilan birgalikda «Dil izhori» va «Oymo'ma qiz» taronlari ustida ham ijod qilmoqda! Ko'rib turganingizdek ijod keskin tus olgan!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *