Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Fev, 2009

Otabek Muhammadzohidni kim bezitdi?

Otabek MuhammadzohidOtabek Muhammadzohidning konsert kuni yaqinlashgani sayin, ancha tipirchilab qolgan. Ahir uch kun konsert berishning o’zi bo’lmaydi-da. Sozandalari-yu, ijodiy hamkorlarini bir zum ham ko’zidan nari qilmay, erta-yu kech ijodxonasiga muxlanib, o’z ustida ijod qilyabti!Qizig’i shuki, qish mavsumi bo’lishiga qaramasdan, to’y egalarining takliflarini rad etmay, xizmatlarga borib kelishga ham ulgurayotgan ekan. Qoyil! Xonandaning matbuot Kotibasi Nazokatxon Asqarxo’jaevaning fikrlariga ko’ra, Muhammadzohid ohirgi paytlarda tez-tez uyali telefon raqamini almashtiradigan bo’lib qolgan! U tinchlikni tusayabtimi yoki ayrim bezorilar, uni bo’lar-bo’lmas gapga tutib, g’iybat qilyabtimikan? Xullas u mayda gap insonlarning gapiga quloq tutib o’tirishiga xushi yo’q. Fikrimizcha uni kimdir bezitib yuborgan ko’rinadi! Yaqinda telefon qo’ng’iroqlaridan biroz qulog’i tinchigan Otabek o’zining musiqasi va so’zi bilan «Rubobimni olib qo’limga» nomli yangi konsert dasturi uchun diltortar tarona yaratdi. Tez orada xonanda ushbu qo’shig’iga poytaxtga kelib, klip suratga olishi kutilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *