Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Otabek Muhammad Zohid matbuot anjumanidan reportaj!
22 May, 2014

Otabek Muhammad Zohid matbuot anjumanidan reportaj!

Otabek Muhammad Zohid matbuot anjumaniO’zbek milliy qo’shiqchilik san’ati rivojiga sermahsul ijodi bilan katta hissa qo’shib kelayotgan vodiylik xushovoz xonanda Otabek Muhammad Zohid o’zining jonli ijrodagi navbatdagi yakkaxon konsert dasturini muxlislari e’tiboriga taqdim etadi. Konsert dasturi 15-16 iyun kunlari soat 19:00da poytaxtimizning muhtasham «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tadi.

Xonandaning an’anaviy tarzda davom etib kelayotgan jonli ijrodagi konsert dasturining bu yilgi repertuaridan Vatanga sadoqat, insoniy mehr-oqibat va mangu mavzu — ishq-muhabbat to’g'risidagi 26ta tarona o’rin olgan. Mazkur konsert dasturida xonanda muxlislari qalbidan chuqur joy olgan ashulalar bilan bir qatorda, hali tinglovchilar e’tiboriga havola etilmagan yangi qo’shiqlarni taqdim etishni niyat qilgan. Ular orasidan Yevropa va Sharq 9turk, ozarbayjon, ingliz va rus 9mualliflik qo’shig’im)) tillarida kuylangan qo’shiqlar ham joy olgan.
Konsert dasturida san’at ostonasiga endigina qadam qo’yib kelayotgan yosh iste’dod sohibi, xonandaning sevimli shogirdlaridan biri Eldorbek Maqsudovning ham katta sahnada ilk bor jonli ijrodagi qo’shiqlari bilan ishtirok etishi mo’ljallanmoqda.
Konsert dasturining sahnalashtiruvchi rejissori «E’tirof-2013″ Davlat mukofoti «Eng yaxshi teatr rejissori nominatsiyasi g’olibi Haydarali Qosimov.

Bugun bo’lib o’tgan matbuot anjumanida bir qator jurnalistlar tashrif  buyurishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga Otabek Muhammad Zohiddan javoblar olishga musharraf bo’lishdi. Matbuot anjumanida faol ishtirok etgan jurnalistlarga konsert hamkori «LUXE cosmetics» tomonidan sovg’alar topshirildi.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 213 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *