Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Opa-singillar»dagi Diyora turmushga chiqdi!!!
17 Yan, 2015

«Opa-singillar»dagi Diyora turmushga chiqdi!!!

Diyora nikoh oqshomi

Bugungi kunda serial ishqibozlari «O’zbekiston» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Opa-singillar» teleserialini katta qiziqish bilan tomosha qilishayotganligi hech kimga sir emas. Mana shu serialdagi 3 opa-singillarning kichkinasi Shahnoza obrazi orqali sizlarga yaxshi tanish bo’lgan Diyora (Kamola Arslonova) turmushga chiqdi.

Bu haqida avvalroq ham sizlarga xabar berishimiz mumkin edi. Biroq, fotosuratlarni qo’lga kiritgunimizga qadar biroz vaqt o’tdi. Shu sababdan yangilikni ham kechroq taqdim etishga qaror qildik. 2014-yilning 13-dekabr kuni Turkiyaning Izmir shahrida Diyoraning nikoh to’yi bo’lib o’tdi. Qiziq, nega uning to’yi Turkiyada bo’ldi, O’zbekistonda emas? Bu savolga hozir javob berib o’tamiz. Chunki, kuyovbola turk! Uning ismi Mesut. 31 yoshlik Mesut tadbirkorlik bilan shug’ullanadi. Diyora va Mesut 2014-yilning yoz faslida Izmir shahrida tanishib qolishgan va ular o’rtasida muhabbat atalmish mo’jizaviy tuyg’u kurtak otib, yakunda nikoh qurishgacha yetib keldi. Hozirda asal oyi Turkiyada davom etmoqda. Xo’sh, endilikda Diyora ijodni to’xtatadimi yoki yana ijod qilishda davom etadimi? Bu savolga javob olish uchun biz Diyoraga murojaat etdik va undan ijodni davom ettirishi haqidagi ijobiy javobni oldik. Diyora hozirda turk tilini mukammal o’rganishga harakat qilmoqda. Kuyov bo’lmish Mesut esa o’zbek tilini ancha o’rganib qolibdi. Qoyil qolmasdan iloj yo’q! Bravo!!! Diyora ijodini davom ettirsa ham, Turkiyada istiqomat qilishini va tez-tez Turkiya-O’zbekiston yo’nalishi bo’yicha qatnashiga to’g'ri kelishini ham ta’kidlab o’tdi. Nima bo’lganda ham biz Diyoraga baxt va omad tilab qolamiz! Mesut bilan birgalikda uzoq umr, baxtli hayot kechiring!!!

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 5 187 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *