Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Dek, 2012

On-line anjuman yuqori kayfiyatda o'tdi!

On-line anjumanBugun 20 dekabr soat 16:00da Yoshlar Ijodiyoti Saroyida «Fond Forum»ning yillik amalga oshirgan ishlarini hisobot on-line anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu anjuman bu yil hisob bo'yicha 7 marotaba o'tkazilmoqda. Bu yilgi on-line muloqot har yilgidanda qiziqarliroq o'tdi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Zero, yil sayin mazkur anjumanga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda.

Fikrimiz dalili sifatida aslida 2 soatga mo'ljallangan mazkur tadbir 4 soatdan oshiqroq davom etganligini ko'rsatishimiz mumkin. Internet orqali savollar oqimi to'xtamaganligi sababli anjumanni biroz ko'proq muddat davom ettirishga to'g'ri keldi. Mazkur tadbirda yil davomida «Fond Forum» tomonidan tashkillashtirilgan barcha tadbirlarning faol ishtirokchilari qatnashishdi. Ularning har birlari o'zlariga kelib tushgan savollarga to'liq javob berishga harakat qildilar. Tadbirning birinchi qismida 2-qavatda joylashgan anjumanlar zalida Fond Forumning vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova hamda bir qator tadbirlar tashkilotchilari bilan jurnalistlar o'rtasidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda yil mobaynida erishilgan yutuqlar borasida fikrlar yuritildi va kelgusi yilgi rejalar bilan qisqacha tanishtirib o'tildi. Ikkinchi qismi esa birinchi qavatdagi 60ta kompyuterdan iborat bo'lgan on-line anjuman uchun mo'ljallangan zalda bo'lib o'tdi. Bu yerda 2012 yilda Fond Forumning tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan har bir o'z ishining ustasi, shuningdek estrada va kino yulduzlari ishtirok etdilar. Ularga kelgan 4000dan ziyod savollarga birin-ketin javob berdilar. Tadbir so'ngida Gulnora Islomovna so'zga chiqib, bir qator homiylar hamda yilning eng faollari uchun maxsus sovg'alar topshirdilar. Quyida tadbirda tushirilgan fotosuratlar sizning e'tiboringizga havola qilinmoqda.

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman

On-line anjuman


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *