Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Omon»ni Oybek kuyladi, klipida Nigorami?
24 May, 2013

«Omon»ni Oybek kuyladi, klipida Nigorami?

Oybek va NigoraOybek va Nigora. O’zbek estradasining ajoyib juftligi. Bu ikki ijodkor mana 7 yildan oshdi birga ijod qilishayotganiga. Kimdir bilar, kimdir bilmas Oybek aslida avvaliga yakkaxon tarzda 1 dona qo’shiq kuylagan edi. Keyinchalik ular Oybek va Nigora bo’lib, juftlikda ijod qilishgan. Yaqinda ham Oybek alohida qo’shiq kuyladi. Nigora esa yo’q?

Bu nimadan darak beradi? Nahot Oybek endi yana yakkaxon kuylasa, degan savollar muxlislarni qiziqtirgan bo’lishi tabiiy. Yo’q, ular ajralmaydi. Ayni damda Oybek alohida o’zi kuylagan «Omon» taronasiga ham klip suratga tushirish rejalari tuzib chiqilmoqda. Bu qo’shiqqa aslida klip suratga olish niyatlari yo’q edi. Ko’p sonli muxlislarning talablariga binoan klip ham olinishi aniq bo’ldi. Klipni rahmatli «Radius 21″ guruhi xonandasi Shahzod G’ulomovning ukasi Behzod G’ulomov tasvirga tushiradi. Ana endi meni yana bir savol qiziqtirmoqda. «Omon» taronasini Oybekning o’zi kuyladi, qiziq endi klipida Nigoraning o’zi chiqarmikin?…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 792 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *