Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Iyul, 2012

«Omadsiz xonanda»ning Buxoroga safari!

Ulug'bek RahmatullaevSo'nggi yillarning eng omadli xonandalardan biri Ulug'bek Rahmatullaev negadir o'zini omadsiz ekanligi haqida barcha joyda «jar» solmoqda?! Ha, bu qiziq holat. Ammo, uning «Omadim kelmadi» taronasi ham qisqa fursat ichida shuhrat qozonayotganligiga nima deysiz? Bu ham yetmagandek, «omadsiz xonanda» Ulug'bek 16-17 iyul kunlari Buxoroga katta konsert dasturiga yo'l oladi.

Demak, Ulug'bekning Buxorodagi muxlislari uchun ajoyib yangilik! 16-17 iyul kunlari soat 19:00da Buxoro shahar stadionlarida Ulug'bek Rahmatullaevning o'zining katta konsert dasturi bilan qatnashadi. Ushbu konsert dasturini muxlislar qanchalik orziqib kutayotgan bo'lsalar, Ulug'bek Rahmatullaev ham shu qadar kutmoqda. Bir necha yillardan buyon Buxoroda konsert dasturi bilan mehmon bo'lmagan Rahmatullaev, konsertga tashrif buyurganlar uchun bu kun unutilmas kun bo'lishini ma'lum qilmoqda. 5-iyul kuni prem'erasi bo'lib o'tgan «Omadim kelmadi» taronasini esa siz endilikda www.rahmatullaev.com saytidan ham ko'chirib olishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 156 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *