Omadli guruhdan ilk musiqiy albom!
Bundan ikki yil muqaddam «Soyabon» taronasi bilan san'at olamiga kirib kelgan «Fayoz» guruhi ilk musiqiy albomini tez orada muxlislari hukmiga havola qiladi…
O'sha kezlarda «Soyabon» taronasi rasmiy ravishda FM to'lqinlarida «aylanishidan» avval piratlar tomonidan qo'shiq va klip tarqatib yuborilgan edi. Ammo «Fayoz» guruhi nomi bilan emas, balki «Ikki do'st» nomi bilan tarqatilgan. Mana oradan 2 yil o'tib «Fayoz» guruhi o'z o'rni va mavqeiga ega bo'la oldi. Guruh a'zolari Oybek va Sherali shu kunlarda o'zlarining ilk musiqiy albomlari ustida ish olib borishmoqda. Albom «Tarona Rekords» kompaniyasi tomonidan chiqarilayotgan bo'lib, undan 12 ta tarona o'rin egallagan. Tez orada «Nirvana» do'konlari orqali harid qilishingiz mumkin.