Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Iyun, 2012

Omadim kelmadi sevgi bobida…

Ulug'bek RahmatullaevSarlavhani o'qib, nahotki bu Ulug'bek Rahmatullaevning so'zlari bo'lsa, deb hayron qolgan bo'lsangiz kerak. Ha, bu aynan Ulug'bek Rahmatullaev tomonidan yangrayotgan so'zlar. Biroq, bu so'zlar qo'shiq tarzida jarang sochadi. Hech kim kutmagan mavzuda Ulug'bek Rahmatullaevdan yangi tarona…

Bastakor Ahmad Hojimatov va ustoz shoir Bobur Bobomurod birgalikda uzoq vaqtdan beri mehnat qilinayotgan yangi tarona «Omadim kelmadi sevgi bobida» deb nomlandi. Ulug'bek Rahmatullaev muallifligida yaralayotgan mazkur tarona ustida ish bundan 1 yil avval boshlangan edi. Uzoq muddatlik izlanishlardan so'ng mana endigina ushbu qo'shiq tayyor bo'lmoqda. Yangi qo'shiqni tinglashga shoshilayotgan muxlislarni 5 iyulga qadar sabr qilishlariga undaymiz. Zero, aynan 5-iyul sanasida yurtimizning barcha FM radioto'lqinlarida va internet saytlarda Ulug'bek Rahmatullaevdan «Omadim kelmadi sevgi bobida» nomli tarona prem'erasini qarshi olishingiz mumkin. Qo'shiq uchun Narimon Sultonxo'jaev va Sanjar Matkarimovlar rejissorligida klip ham tasvirga tushirilmoqda. Juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lishi kutilayotgan yangi klip haqida keyinroq batafsil to'xtalib o'tamiz.

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 210 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *