Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Oltin kuzning, oltin konsertiga 2 kun qoldi!!!
7 Noy, 2016

Oltin kuzning, oltin konsertiga 2 kun qoldi!!!

Ulug'bek Rahmatullaev 2016 konsert afishaUlug’bek Rahmatullaev — u haqida juda ham ko’p iliq so’zlar aytilgan va yana aytish mumkin. O’zining betakror qo’shiqlari, ommabop hit taronalari bilan el qalbidan chuqur joy egallagan ushbu ijodkor har yilgi an’anaga sodiq qolgan holda kuz faslida navbatdagi «imtixon»ni topshirish arafasida turibdi.

Xo’sh, Ulug’bek Rahmatullaev bu yilgi konsert dasturiga qanday hozirliklar ko’rmoqda? Konsert dasturida har yilgidek albatta eng sara hit taronalar va qaynoqqina tandirdan uzilgan qo’shiqlar jarangini aytib o’tishning hojati ham bo’lmasa kerak. Shuningdek, muxlislar uchun duet qo’shiqlar ham bo’lishi shubhasiz. Biroq, bu safar Ulug’bek konsert dasturini 3 bo’limdan emas, balki 2 bo’limdan iborat qilishni lozim topdi. Har bir chiqishida Ulug’bek 10tadan qo’shiq kuylashi rejalashtirilgan. Bu yilgi konsert dasturida «Parizoda» raqs ansamblining ishtiroki ham ma’lum bo’ldi. Shuningdek, bu yil Ulug’bek Rahmatullaev chiroqlar yordamidan keng foydalanib, tomoshabinlar uchun haqiqiy shouni namoyish etishi ko’zda tutilgan. 9-noyabrdan 13-noyabrga qadar «Istiqlol» san’at saroyida taqdim etiladigan Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturiga chiptalar allaqachon tugab ulgurgani haqida ham ma’lumotlarga egamiz. Albatta, chiptalarni endi anchagina qimmat bahoda «olib-sotarlar»dan olish imkoniyatingiz saqlanib qolgan holos. Darvoqe, avvalgi yillari muxlislar talablariga ko’ra yana qo’shimcha kunlar qo’shilib, konsert dasturi kunlari soni ortib borar edi. Bu yil bunday bo’lmaydi! Chunki, Ulug’bek mana shu 5 kunlik konsert dasturi uchun juda ham katta kuch sarflamoqda. Qolaversa, Ulug’bek Rahmatullaevning konsertidan so’ng «Istiqlol» saroyida boshqa bir qator konsert dasturlari ham bo’lib o’tishi lozim.
Biz shu o’rinda Ulug’bekka navbatdagi «imtixon» oldidan omad tilab qolamiz. Yuzingiz yorug’, martabangiz ulug’ bo’lsin!!! Konsertda ko’rishguncha azizlar!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *