Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Fev, 2007

O’lmas Olloberganovdan yangi xonishlar

O'lmas OlloberganovJonli ijroda uncha-buncha xonandani ortda qoldira oladigan iste’dod egasi O’lmas Olloberganov ijodiga qiziquvchilar diqqatiga ajoyib yangilik. Xonanda yangi ikki tarona kuyladi. Ulardan biri “Kutaman” singari ommalashishiga umid bog’lagan.Zero, mazkur tarona ham “Kutaman” muallifi Komiljon Xidirov ijodiga mansub. Komiljon Xidirov musiqasi va g’oyasi asosida kuylangan yangi tarona “Azizim” deb nomlanadi. Ushbu qo’shiqni siz FM-to’lqinlarida tinglashingiz mumkin. Qo’shiqning dil tortar navolari va betakror ijrosi inson qalbiga bahor faslini olib kiradi. Yana bir tarona esa “Ketma” nomi ostida dunyo yuzini ko’rdi. Qo’shiq matni Bobur Bobomurod qalamiga mansub, aranjirovkasi esa Shamsiddin ijodidan. Sho’x talqinda ijro etilgan bu qo’shiqqa yosh klipmeyker Mansur tomonidan klip ham tasvirga tushirildi. Ayni kunda montaj jarayonida. Klip o’ziga xos voqea yechimiga ham ega. Tez kunlarda klip TV kanallari orqali efir yuzini ko’radi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *