Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
31 Yan, 2012

O'lmas Olloberganov jonli konsert beradi!

O'lmas OlloberganovJonli ijro borasida o'z o'rniga ega bo'lgan, iste'dodli xonanda O'lmas Olloberganov yil boshidan ijodga jiddiy kirishgan. Hozirda u ''Sog'inch'' va ''Ketmasman'' nomli yangi taronalarni yaratdi. Qiziq, xonanda bu taronalarni kimga atab yozdi ekan.

Xonandaning ''Sog'inch'' taronasi musiqasini bastakor Nodir Hafizov bastaladi. Taronaga klip suratga olish ishlari boshlanish arafasida. O'lmas Olloberganov g'oyasiga asosan yaratilgan ''Ketmasman'' taronasiga esa Shamsiddin Xolmurodov musiqa bastaladi. Bu tarona uchun ham klip tez orada suratga olinishi mo'ljallangan. Bundan tashqari xonanda yaqinda chet davlatlardan birida gastrol safarida bo'lib, u yerda bir nechta taronalariga klip suratga olish niyatida. Lekin, u qaysi davlatga borishini hozircha sir tutmoqda. Shuningdek, xonanda oktyabr oyida o'tkaziladigan konsert dasturi jonli ijroda o'tishini ma'lum qildi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *