Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Iyul, 2007

Og’abek Sobirovning nikoh kechasidan…

Og'abek SobirovAvval xabar berganimizdek, 26 iyul kuni Og’abek Sobirov uylandi. To’y 4 yulduzli «Xorazm Palace» mehmonxonasida bo’lganidan ham xabaringiz bor. Mana va’daga muvofiq to’ydan olingan eksklyuziv ma’lumotlar va rasmlarni sizlarga havola etamiz.

Mehmonxonaning katta zalini Buhoro viloyatida faoliyat yuritadigan «Yevro shar» deb nomlangan firma bezatib berdi. To’yga san’atkorlardan Ozoda Nursaidova, Jahongir Otajonov, Og’abek Sobirovning ukasi Anvar Sobirov, Xorazm san’atkorlaridan Ravshan Matyoqubov va Olmaxon Xaitova tashrif buyurishdi. Bundan tashqari esa, Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi «Xorazm raqs dastasi» qizlari ham tashrif buyurishdi. Eng esda qolarli voqealardan biri, shaxsan Og’abek Sobirov Ozoda Nursaidova bilan duet kuylagani bo’ldi. Ushbu duet xorazm tilida kuylandi. To’y 19:50 da boshlanib, tungi 00:30 da o’z nihoyasiga yetdi. Yana bir bor, Og’abek Sobirovni visol oqshomi bilan portal jamoasi qutlab qoladi va ularga oilaviy baxt tilaydi!

 

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Og'abek Sobirov

Hudoyor tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 327 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *