Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 May, 2006

Obid Asomovning ham sayti ochilmoqda!

Obid AsomovO’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, ajoyib so’z ustasi, qiziqchilikda yetakchi Obid Asomovning ham shahsiy web-sayti tez kunda ishga tushadi. Siz bu saytga tashrif buyurib, Obid Asomov bilan muloqot o’rnatishingiz, san’atkor haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz va hali hech kim ko’rmagan eksklyuziv fotosuratlarini tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari siz qiziqchimizga o’z hayotingizda sodir bo’lgan qiziqarli voqea va hodisalarni yozib qoldirishingiz mumkin. Agarda sizning hayotingizda sodir bo’lgan o’sha qiziq voqea Obid Asomovni qiziqtira olsa, sizga ajoyib sovg’a ham taqdim etiladi. Eng asosiysi esa o’sha qiziq voqeadan san’atkorimiz kerakli joylarda foydalanishi mumkin. Tayyorlanayotgan sayt shunchaki Obid Asomovning shahsiy sayti emas, balki qiziq voqealar, latifalar va yumorga boy lavhalarni o’z ichiga qamrab olgan o’zbek tilidagi ilk web-sayt bo’lishi kutilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *