Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Obid Asomov yangi yilda «RTR» telekanalida!
16 Dek, 2014

Obid Asomov yangi yilda «RTR» telekanalida!

Obid Asomov RTR telekanalidaAjoyib qiziqchi, so’z ustasi Obid Asomov qayerda? Nimalar bilan band? Obid Asomov haqida ham ma’lumotlar bering, degan murojaatlar juda ko’p bo’lganligi sababli biz Obid Asomov bilan bog’lanishga qaror qildik. Siz aziz muxlislar uchun Obid Asomovdan yangiligimiz bor.

Obid Asomov yaqindagina Rossiya safaridan qaytdi. Xabaringiz bor, Obid Asomov o’z ijodini nafaqat O’zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham olib bormoqda. Jumladan, Rossiyaning «Krivoe zerkalo» teatrida bir necha yildan buyon ijod qilib keladi. Navbatdagi Rossiyaga bo’lgan safar chog’ida Obid Asomov mazkur teatr ijodkorlari bilan birgalikda Rossiyaning «RTR» telekanali uchun tayyorlangan yangi yil shou dasturida ham ishtirok etdi. Teatr a’zolari yangi yil dasturi uchun turli estrada vakillari bilan hazilomuz tarzda duet taronalar kuylashdi. Obid Asomov Anita Tsoy bilan duet kuyladi. Bu taronani tinglashni istasangiz yangi yil oqshomida «RTR» telekanalini tomosha qilishni tavsiya etamiz. Obid Asomovga esa o’z o’rnida ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 1 434 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *