«NVS» studiyasi «Wedding Fest 2015»da qatnashdi!!!
2015-yilning 2-3 may kunlari Toshkent shahrida «Wedding Fest 2015″ birinchi xalqaro to’y festivali bo’lib o’tdi. Mazkur festival ko’rgazmasida SB.uz portalining hamkorlaridan biri bo’lmish «NVS» professional foto va video studiyasi ham ishtirok etdi.
O’z ishining ustalaridan tashkil topgan «NVS» studiyasi jamoasi «Wedding Fest 2015″ festival-ko’rgazmasida o’zlarining professional ishlarini keng ommaga namoyish etishdi. Fotoportretlarni tabiiy bo’yoqlarda chizilgan nusxasi ko’rgazmaga tashrif buyurganlarni hayratga soldi. To’ylar uchun tayyorlanadigan fotoalbomlarga tayyorlangan yog’ochli qutilar ham bu yilgi to’y marosimlari uchun yangilik bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Mohir fotosuratchi Muzaffar Mirzahmedov tomonidan tushirilgan «Love story», nikoh oqshomlari fotosuratlari, maxsus fotojamlanmalar uchun tushirilgan fotosuratlar ham tashrif buyurganlar e’tiborini torta oldi. Mazkur festival davomida «NVS» studiyasi maxsus diplom bilan ham taqdirlandi. Biz hamkorimizni festivaldagi ajoyib ishtiroki bilan muborakbod etgan holda, kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!!!
Quyida siz azizlar uchun festival-ko’rgazma davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.